23 Dekabr 2021 Yil 660

Toshkent shahar IIBB xodimlari shahar ko`chalarida tozalik va tartibni ta’minlash qoidalariga rioya qilmaslik faktlarini aniqlamoqdalar

Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va soha bo`linmalari mas’ul xodimlari tomonidan joylarda tozalik va tartibni ta’minlash qoidalariga rioya qilmaslik faktlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Yaqinda Chilonzor tumanida “Obod mahalla” dasturi doirasida huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari tomonidan turar joy kvartallari ko`zdan kechirildi. Xodimlar qurilish va maishiy chiqindilarni ko`p qavatli uylar yaqinida tashlovchi fuqarolarni aniqladilar. Ular bilan profilaktik suhbatlar o`tkazilib, faktlar bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 161-moddasi (“Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech