TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Tariximizni o‘rganamiz, kitoblarni o‘qiymiz

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 aprelidan 30 apreliga qadar Respublika IIV tizimida “Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Unga ko‘ra joylarda xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini, madaniy-axloqiy darajasini oshirib borishga ishtiyoqini kuchaytirish, bilim va salohiyati, dunyoqarashini kengaytirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan navbatdagisi poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tkazildi. Tuman IIO FMB xodimlari “Yangi O‘zbekiston bog‘i” va “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurishdi. Ular bog‘ hududida yurtimizning qadim tarixidan bugungi kunigacha bo‘lgan yuksalishi haqida so‘zlovchi pannolar, stendlar va tasvirlar bilan yaqindan tanishdilar. Bog‘dagi “Shon-sharaf muzeyi, Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlari, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalari qatorida bog‘larning ko‘kalamzorlashtirilgani, antiqa dov-daraxtlar va gullar bilan obodonlashtirilgani ham ularning eʼtiborini tortdi. Xodimlar tashrifdan iliq taassurotlar bilan qaytdilar. Shuningdek, tuman IIO FMB binosida kitob yarmarkasining tashkillashtirilishi ham nur ustiga aʼlo nur bo‘ldi. Xodimlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan bilimlar manbai namoyishida turli mavzulardagi kitoblarning taqdimoti, tanlash imkonining kengligi bois, xodimlar nafaqat o‘zlarining balki farzandlari va oilasi uchun qiziqarli va zarur bo‘lgan adabiyotlarni mamnuniyat bilan xarid qildilar. Bu kabi maʼrifiy tadbirlar poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimlarida davom ettirilmoqda.

17 Aprel 2025 Yil

22

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida yo‘riqnoma o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash hamda respublika hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida masʼul tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 15 yanvar kunidan 15 fevral kuniga qadar Toshket shahrida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi o‘tkazilgan edi. Mazkur oylik doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini berib, poytaxtda oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni sezilarli darajada pasaydi. Poytaxtning ijobiy tajribasini respublika miqyosida joriy etish maqsadida 15 aprel kunidan 15 may kuniga qadar respublika bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamqrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi. Mana shu tadbirlarni samarali tashkil etish va ijobiy natijaga erishish maqsadida Toshkent shahar IIBB, DXX, prokuratura, Milliy gvardiya rahbariyati va boshqa masʼullar ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazildi. Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini yana-da kuchaytirish borasida mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. 15 may kuniga qadar davom etadigan oylik doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tunu kun xizmat tashkil etilib, kunduzgi va tungi maxsus guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Tadbir davomida kuchaytirilgan tartibda tungi reydlar o‘tkazilib, o‘tkir tig‘li va boshqa taqiqlangan buyumlarni olib yurish, giyohvandlik vositalarini tarqatish ("zakladchik"), “narkograffiti” bilan shug‘ullanish kabi holatlar aniqlanib, qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlanadi. Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Siz ham ushbu oylik doirasida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz. Giyohvandlik moddalari yoki kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchilar, shuningdek narkograffiti yozuvlarini yozib ketuvchi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, @stopnarko_bot telegram bot orqali murojaat qilishingiz so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

16 Aprel 2025 Yil

121

Ijtimoiy tarmoq to‘ridagi talvasa

"Men 2023 yilning 30 sentyabrida ijtimoiy tarmoqlardagi “telegram” messenjirida kelgan xabarlar bilan tanishayotib, katta maosh taklif qilinayotgan ishga ko‘zim tushdi. “(...) bot” kanali orqali “admin” bilan bog‘lanib, u tomonidan yuborilgan geolokatsiya orqali Yuqorichirchiq tumaniga bordim. Ko‘rsatilgan joydan giyohvandlik moddasini olib, keyinchalik bo‘laklarga bo‘lib, mijozlarga “admin” yuborgan xabarlar asosida tegishli joylarga yetkazib bera boshladim...”. Bu ko‘rsatma 2005 yilda tug‘ilgan, o‘rta maʼlumotli, muqaddam sudlanmagan A.Nuriddinning tergov jarayonida bergan ko‘rsatmasidan parcha. Yana bildirishicha, qilayotgan ishi jinoyat ekanligini anglagach, u bu ishdan bosh tortadi. Ammo “admin” u haqidagi barcha maʼlumotlar: qayerda yashashi, oilasi kimlar, qayerlarda yurishi kabilar borligini aytadi. Agar bosh tortsa “sportik”larini (jazolovchi shaxslar nazarda tutilmoqda) jo‘natishini aytib, ishdan bosh tortgani uchun shafqatsiz, vahshiyona jazolangan shaxslar haqidagi videotasvirni jo‘natishadi. Bundan qo‘rqqan Nuriddin yana giyohvand va psixotrop moddalarini tarqatishga majbur bo‘ladi. Jazolanishdan qo‘rqib o‘zgalar hayotini zahri-zuqqumga aylantirayotgan Nuriddin 2023 yilning 2 oktyabrida Uchtepa tumani IIO FMB PPX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. O‘sha kuni Nuriddin tumandagi savdo majmuasi oldida mijozlari bilan uchrashib, “tovarni” topshirishi va pulini olishi kerak edi. Majmuada xizmat vazifalarini bajarayotgan formadagi xodimlarni ko‘rib, sarosimaga tushadi va o‘zini bejo tutib, ketayotgan yo‘lini keskin o‘zgartiradi. Bu holat xodimlarning eʼtiborini tortdi. Ular shaxdam qadamlar bilan unga yetib olib, xolislar ishtirokida tekshirishganida, qora rangli sumkasidan 1 dona elektron tarozi, uch dona polietilen paketga solingan quritilib, maydalangan, o‘tkir hidli moddalar aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtiriladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi ochiq sud majlisida A.Nuriddinning jinoiy qilmishlarini qonunan ko‘rib chiqib, uni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasining 5-qismi (“Giyohvand vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”) bilan aybli deb topdi va mazkur kodeksning 57-moddasini qo‘llab, 7 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Yuqoridagi jinoyat ishi tafsilotlarini Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi, kapitan Nurmuhammad Xo‘jayarov taqdim etdi.

16 Aprel 2025 Yil

100

Interaktiv xizmatlar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya:

loading