TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Maktablarda targ‘ibot tadbirlari

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan 15-mayiga qadar respublikamiz bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda. Tadbirdan maqsad: jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom va barkamol kelajak avlodni tarbiyalash, fuqarolarning huquqiy savodxonligi, madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan. Mazkur tadbir joylarda hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sog‘liqni saqlash, mahalla “yettiligi” hamda faollari, mas’ullar hamkorligida amalga oshirib kelinmoqda. Shunday targ‘ibot tadbirlaridan navbatdagisi poytaxtimizning Bektemir tumanida joylashgan 289-hamda 358-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman IIO FMB boshlig‘i U.Nazarov, tuman prokurori S.Muxtorov, mahalla “yettiligi”, faollari, maktablar ma’muriyati va o‘quvchilari ishtirok etishdi. O‘quvchilar oldida so‘zga chiqqanlar jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini atroflicha muhokama qilish barobarida ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil qadriyatlarimizga yot g‘oyalardan ehtiyot bo‘lish, har bir taqdim etilayotgan ma’lumotlarga ishonavermaslik, shuningdek, giyohvand moddalari savdosiga aralashib qolmaslik, giyohvand moddalari, psixotrop, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining inson ruhiyati hamda yashash tarziga zarari, mudhish oqibatlari haqida hayotiy misollar orqali tushuntirish va ogohlantirishlar berishdi. Uchrashuv qatnashchilari bilan savol-javoblar so‘nggida jinoyatlar profilaktikasi, yoshlar tarbiyasiga e’tibor, mahallalarda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikrlar almashinildi hamda tegishli tavsiya va takliflar berildi.

21 Aprel 2025 Yil

129

Muammolar yechimini izlab rahbar qabuliga

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi binosida boshqarma boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayevning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda 50 nafar fuqarolardan 51 ta murojaat tushdi. Ularning 4 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 5 tasi bo‘yicha malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Murojaatlarning mazmuniga ko‘ra unda keltirilgan muammo sabablarini chuqurroq o‘rganish uchun muddat talab etiladigan 42 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi. Xususan, fuqarolar yechim izlagan, murojaat qilishiga sabab bo‘lgan masalalar asosan: surishtiruv-tergov harakatlari, mol-mulk va pul mablag‘larini undirish, ichki ishlar organlariga xizmatga tiklash, ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash, bedarak yo‘qolganlar bo‘yicha qidiruv, pasport tizimi bilan bog‘liq masalalarni tashkil etgan. Olmazor tumanida yashovchi fuqaro SH.V. farzandi M.Sh.ning uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagani yuzasidan qizini topishda amaliy yordam so‘radi. Uning murojaati joyida tezkor o‘rganilib, choralar ko‘rilgach, farzandi Buxoro viloyatida ekanligi aniqlandi. Ayni paytda uni Toshkentga olib kelish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, fuqarolar V.Koltinov va R.Dishkinlarga ID kartalari rasmiylashtirib berildi. Fuqaro M.Podossinnikovaning arizasi asosda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tantanali ravishda topshirildi. Bosh boshqarma boshlig‘i qabulida murojaatlari qonuniy hal qilingan, yechimidan qoniqqan shaxslar mamnuniyat bilan o‘z minnatdorligini bildirishdi.

21 Aprel 2025 Yil

127

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro tomonidan sodir etilayotgann huquqbuzarlik aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. Joriy yilning 18 aprel kuni taxminan soat 19.40 larda Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasida joylashgan avtoturargohlardan birida o‘rnatilgan “tashvish tugmasi” bosilganligi haqida Toshkent shahar IIBB Qo‘riqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tomonidan aniqlanishicha, 1958 yilda tug‘ilgan X.S. mast holatda bo‘la turib, avtoturargoh qorovuli va boshqa fuqarolarni oshxona pichog‘i bilan qo‘rqitib, jamoat tartibini buzgan. So‘ng voqea joyidan qochib ko‘p qavatli uylardan biriga kirib ketgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida fuqaro X.S. ushlanib, yaqin oradani IIBga olib borilgan. X.S. tomonidan pichoq bilan hech kimga tan jarohati yetkazilmagan. Mazkur holat yuzasidan X.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (“Mayda bezorilik”), 194 (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) va 185 prim 2 (“Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish”) moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etilgan. Sud tomonidan ushbu shaxsga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

20 Aprel 2025 Yil

438

Interaktiv xizmatlar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya:

loading