TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

“Fidoyi ayol xodima” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qabul qilingan qarori asnosida Ichki ishlar vazirligi tomonidan ichki ishlar organlarida “Fidoyi ayol xodima” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, ichki ishlarda xizmat olib borayotgan shahodatlangan ayol xodimalarning kasbiy bilim va malakalari oshirilishini qo‘llab-quvvatlash, faoliyatida yutuqlarga erishib kelayotganlarni moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish, o‘z kasbining bilimdonlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning tashabbuskorligini oshirish, innovatsion, ijodiy qiziqishlarini amaliyotga keng tatbiq etishdan iborat. Mazkur ko‘rik-tanlovning navbatdagisi joriy yilning 13-14 yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar IIBBda xizmat olib borayotgan 21 nafar xodimalar qatnashdi. Tanlov ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash: kompleks mashqlarni bajarish va 1000 metr masofaga yugurish, jangovar tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha “Makarov” pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, amaliy o‘q uzish, nishonga olish va harakatlanmaydigan nishonga otish tartibi, bilim darajasini aniqlashga qaratilgan elektron test sinovlari hamda yakuniy baholash bilan bog‘liq to‘rt bosqichda o‘tkazildi. Har bir bosqichda belgilangan shartlarni to‘g‘ri va aniq bajarilishi jarayonlarini hakamlar diqqat va sinchkovlik bilan kuzatib, baholab bordilar. Tanlov yakuniga ko‘ra: 1-o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi, mayor Klara Narmanovaga, 2-o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB HPB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixologi, kapitan Mohinur Madirahimovaga, 3-o‘rin Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi, mayor Nilufar Janiyevaga nasib etdi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Ko‘rik-tanlovda g‘olib bo‘lgan ayol xodimalarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, oilalari hamda xizmat faoliyatlarida yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

24 Yanvar 2026 Yil

3989

Bektemir tumanida yirik zahri-qotil savdosiga chek qo‘yildi

Bugungi globallashuv davrida giyohvandlik tobora keng ildiz otib, insoniyat hayotida katta xavf solib bormoqda. Bu asr vabosiga qarshi kurash yurtimizda davlat siyosatiga chiqqani uning chegara bilmasligi, yoshi va irqi, millati, ijtimoiy kelib chiqishini tanlamasligi, millat genofondiga ziyoni bilan xavfliligida. Shu bois mazkur illatga qarshi kurashish, unga barham berishga katta e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz tomonidan 2025 yilning 3 noyabrida imzolangan “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni bu illatga qarshi e’lon qilingan kurashni yanada jadallashtirishga qaratilgan. Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasi, tarqatilishining oldini olish hamda munosib to‘siq qo‘yish borasida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan muntazam ravishda tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. Kuni kecha Bektemir tumanida poytaxt IIBB hamda Davlat xavfsizligi xizmati Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda zahri-qotilni yashirin ravishda tarqatib yurgan shaxs qo‘lga olindi. Uning vaqtincha yashab kelayotgan xonadonida o‘tkazilgan tadbirda turli xildagi umumiy og‘irligi 2 kg 200 gr, iste’mol uchun qadoqlab sotilganda 66 700 dona – bir martalik dozani tashkil etuvchi giyohvandlik moddalari hamda muqim yashash joyi bo‘lgan Jizzax viloyatidagi hovli hududiga ko‘mib qo‘yilgan 800 gr sintetik giyohvandlik moddalari topilib daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda. Gumondorning mazkur og‘ularni kimdan olgani, uning manbaalarini aniqlash bo‘yicha tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda. Hurmatli fuqarolar! Agar siz giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz IIVning ishonch telefonlari: 71-231-55-54, 71-231-55-00, 77-353-55-00, 77-454-55-00 raqamlariga yoki “stopnarko_bot” telegram botiga xabar berishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

23 Yanvar 2026 Yil

8477

Interaktiv xizmatlar

Text to speech