TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Qaror ijrosi mahallalar kesimida o‘rganilmoqda

Mahallalarda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida poytaxtning Yangihayot tumanidagi mahallalar ham birma-bir o‘rganilib, aniqlanayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan manzilli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Tumanda joylashgan “Chortoq” mahalla fuqarolar yig‘ini 2004 yilda tashkil topgan. Mahalla hududida istiqomat qilayotgan 2 225 ta oilalarda 5 184 nafar fuqaro tinch-totuv umrguzaronlik qilib kelmoqda. Shulardan 967 nafari yoshlar. Probatsiya hisobida turuvchi 10 nafar shaxs bilan soha xodimlari muntazam ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazib, muammo va murojaatlarini o‘ranib, mahalla yettiligi hamda mas’ullar hamkorligida hal qilish choralarini ko‘rmoqda. Ishsizlar ro‘yxatiga olingan 45 kishidan 5 nafariga kredit ajratilgan bo‘lsa, qolganlariga ish o‘rinlari taklif qilinmoqda. 80 dan ortiq oilalarga ijtimoiy, 4 oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi. Kuni kecha tuman IIO FMB boshlig‘i hamda tuman prokurori mazkur mahalla yettiligi, mahalla faollari va ahli, tegishli mas’ullari bilan uchrashuvi o‘tkazdi. Uchrashuvda joriy yilning yanvarida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha qarorining mazmun-mohiyatiga urg‘u berildi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “yo‘l xaritasi” doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, amalga oshirilgan ishlar samaradorligi baholandi. Ta’kidlash lozimki, qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha yuqoridagi ishlar qatorida mahalla yettiligi va mutasddilar hamkorligida 5 nafar nizoli oilalar yarashtirilgan, mahalla hududiga 82 ta kuzatuv kameralari, notinch xonadonlarga 16 ta tashvish tugmasi o‘rnatilgan. Mahalla hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga ham katta e’tibor berilgan. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mingdan ortiq manzarali hamda 925 dona mevali daraxtlar ekilgan. Xuddi shu kabi tumanning “Yo‘ldosh” mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari tomonidan qaror ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Mahalla tarixiy mahallalardan biri bo‘lib, 1966 yilda tashkil topgan. Ushbu maskanda 2 144 oilada 7 109 nafar fuqarolar yashaydi. Ulardan 677 nafari yoshlar. Probatsiya ro‘yxatida 30 dan ortiq shaxslar mavjud. Ishsizlar ro‘yxatida turuvchi 34 fuqaroning 10 nafariga kredit ajratilgan bo‘lsa, qolganlariga ish o‘rinlari taklif qilingan. 120 oilaga ijtimoiy, 14 tasiga moddiy yordam ko‘rsatildi. Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida, mahalla hududiga 120 ta kuzatuv kameralari, ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari va notinch xonadonlarga 20 ta tashvish tugmasi o‘rnatilgan. Mahalla yettiligi hamkorligida nizoli oilalarning 4 tasi yarashtirildi. Shuningdek, mahalla hududini obod va so‘lim go‘shaga aylantirish borasida 950 dona manzarali va 800 dona mevali daraxtlar ekildi. Yuqoridagi mahallalarni o‘rganishlar yakunida qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar ham ko‘rsatib o‘tilib, qaror ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi, shuningdek, har bir belgilangan tadbirlarga mas’ullar biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

18 Aprel 2025 Yil

14

Tariximizni o‘rganamiz, kitoblarni o‘qiymiz

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 aprelidan 30 apreliga qadar Respublika IIV tizimida “Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Unga ko‘ra joylarda xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini, madaniy-axloqiy darajasini oshirib borishga ishtiyoqini kuchaytirish, bilim va salohiyati, dunyoqarashini kengaytirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan navbatdagisi poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tkazildi. Tuman IIO FMB xodimlari “Yangi O‘zbekiston bog‘i” va “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurishdi. Ular bog‘ hududida yurtimizning qadim tarixidan bugungi kunigacha bo‘lgan yuksalishi haqida so‘zlovchi pannolar, stendlar va tasvirlar bilan yaqindan tanishdilar. Bog‘dagi “Shon-sharaf muzeyi, Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlari, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalari qatorida bog‘larning ko‘kalamzorlashtirilgani, antiqa dov-daraxtlar va gullar bilan obodonlashtirilgani ham ularning eʼtiborini tortdi. Xodimlar tashrifdan iliq taassurotlar bilan qaytdilar. Shuningdek, tuman IIO FMB binosida kitob yarmarkasining tashkillashtirilishi ham nur ustiga aʼlo nur bo‘ldi. Xodimlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan bilimlar manbai namoyishida turli mavzulardagi kitoblarning taqdimoti, tanlash imkonining kengligi bois, xodimlar nafaqat o‘zlarining balki farzandlari va oilasi uchun qiziqarli va zarur bo‘lgan adabiyotlarni mamnuniyat bilan xarid qildilar. Bu kabi maʼrifiy tadbirlar poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimlarida davom ettirilmoqda.

17 Aprel 2025 Yil

159

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida yo‘riqnoma o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash hamda respublika hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida masʼul tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 15 yanvar kunidan 15 fevral kuniga qadar Toshket shahrida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi o‘tkazilgan edi. Mazkur oylik doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini berib, poytaxtda oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni sezilarli darajada pasaydi. Poytaxtning ijobiy tajribasini respublika miqyosida joriy etish maqsadida 15 aprel kunidan 15 may kuniga qadar respublika bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamqrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi. Mana shu tadbirlarni samarali tashkil etish va ijobiy natijaga erishish maqsadida Toshkent shahar IIBB, DXX, prokuratura, Milliy gvardiya rahbariyati va boshqa masʼullar ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazildi. Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini yana-da kuchaytirish borasida mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. 15 may kuniga qadar davom etadigan oylik doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tunu kun xizmat tashkil etilib, kunduzgi va tungi maxsus guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Tadbir davomida kuchaytirilgan tartibda tungi reydlar o‘tkazilib, o‘tkir tig‘li va boshqa taqiqlangan buyumlarni olib yurish, giyohvandlik vositalarini tarqatish ("zakladchik"), “narkograffiti” bilan shug‘ullanish kabi holatlar aniqlanib, qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlanadi. Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Siz ham ushbu oylik doirasida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz. Giyohvandlik moddalari yoki kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchilar, shuningdek narkograffiti yozuvlarini yozib ketuvchi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, @stopnarko_bot telegram bot orqali murojaat qilishingiz so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

16 Aprel 2025 Yil

252

Interaktiv xizmatlar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya:

loading