18 Aprel 2025 Yil 820

Poytaxtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda

Bugungi kunga kelib tabiat tozaligi, yashil olamni saqlash va ko‘paytirish eng dolzarb masalaga aylandi. Havo va suvning ifloslanishi, global isish tabiiy muvozanatga hamda odamlar sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda. Yurtimizda buni oldini olish maqsadida, atrof-muhitni asrash choralari ko‘rilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi chinakkam xalq harakatiga aylandi. Har yili bahor va kuz oylarida daraxt ko‘chatlarini ekish an’anaga aylandi. Bugun ham loyiha doirasida Bektemir tumanida 1500 ga yaqin daraxt ko‘chatlari ekildi. Mazkur maydon 4 gektardan iborat bo‘lib, u yerga chinor, eman, klyon, katalpa va safora kabi 10 xilga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.
Mazkur ekologik tadbirda Toshkent shahar hokimligi, poytaxt IIBB va prokuraturasi, Milliy gvardiya, mahalla fuqarolari, boshqa idora hamda tashkilotlarning rahbariyati va xodimlari faol ishtirok etishdi.

Ushbu tashabbus nafaqat atrof-muhitni asrash, balki shahrimiz aholisi uchun qulay va go‘zal yashash muhitini yaratishga qaratilgan. Bu kabi ekologik tadbirlar davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech