Tarix

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining tarixi

 

Toshkent militsiyasining tashkil etilishi "Oktyabr voqealari" bilan bog'liq. 1917-yil 18-noyabrdagi Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlari kengashida ishchi va soldat yordamchilari Kengashlarida qizil gvardiyachilarni tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Ularning zimmasiga fuqarolarning shaxsiy va mulkiy muhofaza qilinishi kabi vazifalar yuklatildi.

1919-yil 16-fevraldagi Markaziy Ijroiya qo'mitasining qaroriga asosan Toshkent shahrini himoya qilish boshqarmasi boshlig'i etib Frans Yanovich Sirul tayinlandi.
1918-1919-yillarda eski shaharda tuzilgan partiya drujinasiga Mirkomil Mirsharipov rahbarilk qildi. Yangi shahar qismidagi shunday drujinani D.G.Shpilkov boshqardi.
1917-yildan 1933-yilga qadar Toshkent shahrida ikkita militsiya boshqarmasi mavjud bo'lgan.
1920-1930-yillarda Toshkentda mustaqil faoliyat yuritadigan ikkita yangi jinoyat qidiruv bo'limlari tashkil etildi – shahar va uyezd bo'limlari. Toshkent uyezd jinoyat qidiruv bo'limiga Qurbon Maxmudov, ikkinchisiga Mixail Zinkin boshchilik qilgan.
1930-1940-yillarda Toshkent shahar militsiyasi xodimlari nafaqat Toshkentning, balki butun O'zbekistonning xalq xo'jaligini tiklashga salmoqli hissa qo'shdi.
1941-yilning oxiri 1942-yillarda Toshkent shahrida oltita tuman bo'lib, bular - Kirov, Kuybishev, Lenin, Oktyabr, Stalin va Frunze deb nomlangan. Toshkent shahri militsiyasining boshqarma, bo'lim va bo'linmalari urush yillarida frontda ham, mamlakat ichkarisida ham faoliyat ko'rsatdi.
1950-yillarning oxiri 1960-yillarda Toshkent shahar militsiya boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tarkibiga kirgan (bu paytda Xalq Komissarlari kengashi jamoat tartibini saqlash idorasi deb atalgan).
1965-yildan Toshkent shahar jamoat tartibini saqlash idorasi Toshkent shahar kengashi ichki ishlar bo'limi deb atala boshlandi.
1970-1990-yillarda shahar militsiyasi tarkibi yanada kengaydi.
1991-yil mustaqillik sharofati bilan mamlakatimiz tarixida bo'lgani kabi, ichki ishlar sohasida ham yangi davr boshlandi.
O'zbekiston Respublikasi IIVning 1993-yil 29-martdagi 90-sonli buyrug'iga asosan "Toshkent shahar ijroiya qo'mitasi IIB" nomi "Toshkent shahar IIBB" deb o'zgartirildi.

 

Har bir oila, jamiyat va davlatda bo'lgani kabi poytaxt militsiyasi rivojida birinchi rahbarlari alohida o'rin tutgan. Toshkent shahar militsiyasi faoliyatida o'zining munosib hissasini qo'shgan rahbarlar quyidagilardan iborat bo'lgan:

 

1947-1951-yy. polkovnik Voronov Aleksey Nikolaevich;

1951-1955-yy. general-leytenant Rodinov Dmitriy Gavrilovich;

1955-1959-yy. general-mayor Qalandarov Iskandar Qalandarovich;

1959-1960-yy. polkovnik Ismoilov Jo'ra Ismoilovich;

1960-1968-yy. general-mayor Toshmetov Abdujalil;

1968-1972-yy. general-mayor Imomov Zunnur Imomovich;

1972-1974-yy. general-mayor Isaev Yoqub Musaevich;

1974-1984-yy. general-mayor Sattorov Islom G'apporovich;

1984-1985-yy. podpolkovnik Abdullaev Erkin Abdullaevich;

1985-1989-yy. polkovnik Klapushevskiy Vladimir Filippovich;

1989-1991-yy. general-mayor Kamolxo'jaev Jabbor Yunusovich;

1991-1994-yy. general-mayor Gafurov Komiljon Gafurovich;

1994-1998-yy. general-mayor Norgitov Erkin Norsodiqovich;

1998-1999-yy. general-mayor Xidiraliev Komiljon Xidiralievich;

1999-2001-yy. general-mayor Xaydarov Ravshan Xaydarovich;

2001-2002-yy. polkovnik Azizov Abdusalom Abdumavlonovich;

2002-2006-yy. general-mayor Qodirov G'ayrat Toirovich;

2006-2011-yy. polkovnik Nakibov Kovulxon Usmanxanovich;

2011-2012-yy. polkovnik Ibragimov Abror Alimovich;

2012-2015-yy. general-mayor Adilov Mirsamad Agzamovich;

2015-2018-yy. general-mayor Kurbanov Baxodir Nizamovich;

 

2018-2020-yy. general-mayor Djuraev Rustam Mirzaevich.

Barcha yangiliklar

Text to speech