14 Aprel 2025 Yil 510

TDYUda bolalar viktimligining profilaktikasi va ularni zararli axborot xurujlaridan himoya qilishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

“Bolalar viktimligining profilaktikasi va ularni zararli axborot xurujlaridan himoya qilishning innovatsion usullari” nomli innovatsion loyihani amalga oshirish doirasida tashkil etilgan anjumanda Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.b. Shirin Normatova, Yashnobod tumani IMO MFB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori Аlbina Аxmedova, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklar profilaktikasi, bolalar viktimligining profilaktikasi va ularni zararli axborot xurujlaridan himoya qilish, bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot turlari va ularni tasnifi, maktablarda bulling (ta’qib etish) va zoʻravonlikdan himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Barcha yangiliklar

Text to speech