16 Aprel 2025 Yil 3108

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida yo‘riqnoma o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash hamda respublika hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida masʼul tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 15 yanvar kunidan 15 fevral kuniga qadar Toshket shahrida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi o‘tkazilgan edi. Mazkur oylik doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini berib, poytaxtda oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni sezilarli darajada pasaydi.

Poytaxtning ijobiy tajribasini respublika miqyosida joriy etish maqsadida 15 aprel kunidan 15 may kuniga qadar respublika bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamqrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi.

Mana shu tadbirlarni samarali tashkil etish va ijobiy natijaga erishish maqsadida Toshkent shahar IIBB, DXX, prokuratura, Milliy gvardiya rahbariyati va boshqa masʼullar ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazildi. Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini yana-da kuchaytirish borasida mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

15 may kuniga qadar davom etadigan oylik doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tunu kun xizmat tashkil etilib, kunduzgi va tungi maxsus guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbir davomida kuchaytirilgan tartibda tungi reydlar o‘tkazilib, o‘tkir tig‘li va boshqa taqiqlangan buyumlarni olib yurish, giyohvandlik vositalarini tarqatish ("zakladchik"), “narkograffiti” bilan shug‘ullanish kabi holatlar aniqlanib, qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlanadi.

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Siz ham ushbu oylik doirasida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz. Giyohvandlik moddalari yoki kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchilar, shuningdek narkograffiti yozuvlarini yozib ketuvchi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, @stopnarko_bot telegram bot orqali murojaat qilishingiz so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech