16 Aprel 2025 Yil 773

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida 2 nafar haydovchi o‘rtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 12 aprel kuni Yunusobod tumani, 13-mavze hududida, 1989 yilda tug‘ilgan “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi M.X. hamda 2005 yilda tug‘ilgan “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisi S.A. lar yo‘l talashish oqibatida o‘zaro janjallashganligi aniqlangan. Shundan so‘ng, M.X. avtomashinadan tushib temir jism bilan “Matiz” avtomashinasini oynalarini sindirgan va shu jism bilan fuqaro S.A. ning bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan. Natijada fuqaro S.A. olgan tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat kilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech