4 Aprel 2025 Yil 254

Mehnat –to‘g‘ri yo‘lning debochasi

Mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan odam bekorchi, betayin hayollardan uzoqda bo‘lishi bilan birga mehnatining mahsulidan qoniqish hissi bilan yashaydi. Bu bir tomondan ma'naviy kuch bag‘ishlasa, ikkinchi tomonidan moddiy ahvolini yaxshilaydi, jamiyat farovonlashadi. Mehnatdan kelgan boylik ro‘zg‘orga fayz va baraka olib kelishi haqida eslatmasa ham bo‘ladi. Kuni kecha poytaxtimizning Bektemir tumani “Mirishkor” mahallasida “Imkoniyatlar maydoni” shiori ostida tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda tuman IIO FMB Probasiya xodimlari hamkorligida tashkillashtirilgan mehnat yarmarkasi ana shu maqsadlarga qaratildi. Ushbu tadbirda ishtirok etgan Toshkent shahri va Bektemir tumanida faoliyat yurituvchi 100dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari o‘z bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashib, ishlash istagida bo‘lganlarga korxonada ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ish jarayoni haqida qiziquvchilarga batafsil ma'lumotlar taqdim etishdi. Natijada Probasiya nazorati ostida turuvchilarning 20 nafari o‘z xohish-istagidan, imkoniyatlaridan kelib chiqib tanlagan ishlariga joylashtirildi. Yana 6 nafariga kasb-hunar o‘rganish uchun qisqa kurslarga yo‘llanmalar berildi. O‘z-o‘zini band qilish orqali tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlarga esa imtiyozli kreditlar ajratilishi tartibi, biznes reja tuzish borasida huquqiy tavsiyalar berildi. Mazkur tadbir bilib-bilmay qilgan jinoyati uchun “sudlangan” tamg‘asi ostida, jamiyatning ishonchini yo‘qotgani bois, imkoniyati bo‘yicha ish topishga qiynalayotgan Probasiya nazoratida bo‘lgan shaxslar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib berayotgani shubhasiz. Tadbirning “Imkoniyatlar maydoni” shiori ostida o‘tkazilgani ham bejizga emas. Darhaqiqat imkoniyat berildi, xulosa esa insonning o‘zidan.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: