4 Aprel 2025 Yil 448

Halol mehnat e’tiborsiz qolmas

Bank yoki davlat ahamiyatiga molik inshootlar, muassasalariga kirgan shaxs albatta, eshik oldida turgan ichki ishlar organlari xodimiga duch keladi. Ko‘pchilikda biror ish qilmay, faqat o‘tiradi, nima foyda bundan, degan fikr kelishi tabiiy. Biroq, bu xodimning butun bir bino, inshooot, ularda ishlovchi xizmatchi va ishchilar, mavjud mol-mulklarning xavfsizligi, bus-butunligiga javobgar ekanligi xayolingizga kelmaydi. 2004-yilda poytaxt IIBB Shayxontohur tumani IIBGA qarashli “Qo‘riqlash” bo‘limida safdor bo‘lib ish boshlamaguncha Furqat Toshnazarov ham shunday o‘ylagandi. Biroq meyoriy hujjatlar talablari, tegishli ko‘rsatma va yo‘riqlar bilan yaqindan tanishgach, zimmasiga yuklangan ulkan mas’uliyatni his qildi. Ishlash jarayonida esa kasbiy va jismoniy tayyorgarligini muntazam oshirib borish lozimligini anglagan ravishda ularni qunt bilan o‘zlashtira boshladi. Ayniqsa, tumanda joylashgan eng gavjum va serqatnov, serharakat bo‘lgan “Chorsu” bozorida xizmat olib borganida kasb madaniyati, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida orttirgan ko‘nikmalari kissavurlar, mayda o‘g‘rilar, bezori va jamoat tartib-qoidalarini mensimaydigan shaxslar, huquqbuzarlarga qarshi murosasiz va keskin kurash olib borishda juda qo‘l keldi. 2024-yilda u Shayxontohur tumani IIO FMB PPX inspektorligiga o‘tkazildi. Uning o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondashishi, topshiriqlarni bekamuko‘st bajarishi, fuqarolar bilan xushmuomalaligi, bozor hududi, ishonib topshirilgan obyektlarda har bir salbiy holatlarga tezkor munosabati, qolaversa ko‘p yillik tajriba va ko‘nikmalari rahbariyatning e’tiboridan chetda qolmadi. Rahbariyat tomonidan berilgan ko‘plab faxriy yorliqlar, qimmatbaho sovg‘alar, tashakkurnomalar bu e’tiborning hosilidir. Kuni kecha Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan safdor Furqat Toshnazarovning II-darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani uning xizmatlarining e’tirofidir. Ha, Vatan tinchligi, xalq manfaatlari yo‘lidagi fidoyi xizmatlar hech qachon e’tibor va e’tirofsiz qolmaydi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: