TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Yoshlarni halokat yoqasidan asrash – burchimiz

Yurtimizda davom etayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan kengaytirilgan saf yig‘ilishida tuman hududida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi tahlil qilindi.Shundan so‘ng Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i, polkovnik Otabek Jamolov 136-maktabda mahalla faollari va mahalla yettiligi bilan hamkorlikda tumanda sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatlarining muhokamasini o‘tkazdi. Unda o‘g‘irlik jinoyatlarining kelib chiqish sabablaridan biri: fuqarolarimizning e’tiborsizligi va o‘z mulkini saqlashga bo‘lgan loqaydligiga e’tibor qaratilib, kelgusida o‘g‘irliklarning oldini olish, sodir etilganlarini fosh etishda mahalla faollari, aholisining hushyorligi va ogohligini oshirishga, mahallada shubhali shaxslarni ko‘rganda darhol hududiy profilaktika inspektorlariga xabar berishga chaqirdi. Shu bilan birga hamkorlikda qanday ishlarni amalga oshirsa samara berishi bo‘yicha qatnashchilarning mulohaza va tavsiyalari o‘rganilib, bu borada fikrlar almashinildi. Kelgusida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha hududlarda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi, uning ijrosi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, tuman IIO FMB boshlig‘i O.Jamolov xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida, respublikamizda o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Shayxontohur tumanida joylashgan Xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi. Talabalar bilan bugungi kunda dolzarb bo‘lgan asr vabosi – giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlarni giyohvandlik domidan himoya qilishga qaratilgan “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi. Ma’ruzachi keng talaba-yoshlar auditoriyasini qamragan ochiq muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida giyohvandlik, psixotrop, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, ularning inson salomatligi, ongiga ta’siri, mudhish oqibatlari haqida hayotiy voqealar, bu jinoyatlar bo‘yicha yuritilayotgan jinoiy ishlar haqida ma’lumotlar berdi. O‘tkazilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Oylik doirasida tuman IIO FMB 5-sonli IIB boshlig‘i Rustam Soliyevning tuman ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda tumanning “Huvaydo” mahallasida joylashgan 169-sonli, “Ibn Sino” mahallasida joylashgan 262-sonli umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazgan profilaktik tadbiri ana shunday jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning uzviy davomi bo‘ldi. Mas’ullar o‘quvchilarga internet tarmoqlaridagi firibgarliklar, jinoyatga yetaklovchi turli kontentlar, taqiqlangan diniy materiallar, buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi havolalardan ehtiyot bo‘lish, aldovlarga ishonib qolmaslikka chaqirishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan oson va yengil pul topish, xorijga chiqish yoki boshqa vasvasaga soluvchi va’dalarga ishonib, hayoti va salomatligini xavf ostiga qo‘yish orqali o‘z kelajagini barbod qilayotgan yoshlar hayotidan misollar keltirishdi. Suhbat qatnashchilari xodimlarga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollari bilan murojaat etib, javoblar oldilar. Bu kabi profilaktik-tushuntirish tadbirlari poytaxtimizning barcha tumanlarida amalga oshirilmoqda.

25 Aprel 2025 Yil

76

Interaktiv xizmatlar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya:

loading