22 Aprel 2025 Yil 771

Voleybol bahslariga qur’a tashlandi

Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish, sport musobaqalarini tizimli tashkillashtirish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “School 21” maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi voleybol bo‘yicha “Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasining ochilish hamda qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Besh bosqichda bo‘lib o‘tadigan mazkur sport bellashuvlariga 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘smir o‘g‘il-qizlar va yoshlar ishtirok etishadi. Ushbu tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB boshlig‘i S.Mirzaraimov, tuman hokimi B. G‘aibnazarov, prokurori O.Mannanov, tuman DXX rahbari va boshqa mas’ullar hamda mahalla futbol jamoalari vakillari qatnashdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar sportning nafaqat inson hayotidagi balki dunyo xalqlarining tinchlik va birdamlikka chorlovchi o‘rni va ahamiyatini ta’kidlab, yoshlarni muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishga, jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘i va madhiyasini baralla yangratib mamlakatimiz shon-sharafini taratishga hissa qo‘shishlariga umid bildirishdi. Shuningdek, o‘tkazilayotgan saralash bahslarida jamolarning yakdillikda harakatlanib, g‘oliblikni qo‘lga kiritish, finalga chiqish va shohsupaning birinchi pog‘onalarini egallashda muvaffaqiyat va zafarlar yor bo‘lishini tiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech