25 Aprel 2025 Yil 946

E'LON!

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ichki ishlar organlariga ko‘ngillilar (volontyor)ni taklif qiladi

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi poytaxtimizda joylashgan turizm namoyishi obyektlariga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlashda jamoatchi yordamchi sifatida ko‘ngillilar (volontyor)ni hamkorlikka taklif qiladi.

Bundan Siz, Bosh boshqarma Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida sayyohlar xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashda ko‘maklashasiz.

Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi faoliyatiga jamoatchi yordamchi sifatida –
- o‘n sakkiz yoshdan kichik va qirq besh yoshdan katta bo‘lmagan;
- sog‘ligining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishga qodir;
- muqaddam sudlanmagan;
- ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turmagan;
- yashash va o‘qish joyi bo‘yicha ijobiy tavsiflangan ko‘ngillilar jalb qilinadi.

Murojaat uchun telefon +99899-010-92-42, +998919131449

Barcha yangiliklar

Text to speech