Probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan tuman rahbarlarining uchrashuvi
#Xavfsiz_va_soglom_yurt
Yashnobod tumanida Probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan tuman rahbarlarining uchrashuvi tashkil etildi.
Yashnobod tumani IIO FMB majlislar zalida o‘tkazilgan tadbirda tuman IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik O. Kaimxodjayev, tuman prokurori Z. Ziyadullayev va tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i R. Ashirmatov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida probatsiya nazoratidagi shaxslarga bandlik, kasbga qayta o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kreditlar, uy-joy masalalari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Tadbirda xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ham ishtirok etib, o‘z korxonalari faoliyati, ish shartlari va mavjud vakansiyalar haqida maʼlumot berdilar hamda ishsiz fuqarolarni ishga taklif qildilar.