Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan xabar berilgan, hayvonlarga nisbatan shavqatsizlik qilgan yigitning shaxsi aniqlandi
Internet tarmog`ida shavqatsizlik qilinganligi oqibatida halok bo`lgan hayvonlar bilan bog`liq fakt to`g`risida xabar tarqamoqda. Ushbu holat 2021-yil 16-noyabr kuni taxminan soat 15:00 da Yashnobod tumanida kuzatuv kameralari orqali qayd etilgan.
Videodagi yigit - 20 yoshli I.А. ekanligi ma’lum bo`ldi. Yigit Yashnobod tumani IIO FMB 1-son ichki ishlar bo`limiga yetkazildi, suhbat davomida u qilmishiga iqror bo`ldi. Hozirgi vaqtda mazkur fakt bo`yicha tergov oldi tekshiruvi o`tkazilmoqda, uning natijalariga ko`ra qonuniy chora ko`riladi.