IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
22 Oktyabr 2021 Yil 762

Olmazor tumanida voyaga yetmagan piyodani omad qutqarib qoldi

Facebook ijtimoiy tarmog`i orqali Toshkent shahar IIBBga murojaat qilgan poytaxtlik ayolning maʼlum qilishicha, 2021-yilning 14-otkabr kuni soat 16:33 da Olmazor tumani Nurafshon ko`chasida uning ko`z oldida xavfli vaziyat yuzaga kelgan. Piyodalar o`tish joyi oldida avtomobillar to`xtab turganida voyaga yetmagan bola yo`lni kesib o`tishni boshlagan. Shu vaqtda o`ng yo`lakdagi avtomobillar harakatlanishni davom ettirishgan. Natijada ulardan biri bolaning urib yuborishiga oz qolgan.

Holat fuqaroning videoregistratorida qayd etilgan, ammo videodagi avtomobil raqamini o`qish qiyin edi. Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari videokuzatuv kameralari yozuvlarini o`rganib, qoidabuzarlik 53 yoshli Rahmatjon K. tomonidan “Tracker” avtomobilida (davlat raqami 01 Y 747 YA) sodir etilgani ma`lum bo`ldi. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 128-moddasi prim.5 bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli haydovchilar! Oldinda piyodalar o`tish joyi belgisini ko`rganingizda tezlikni pasaytiring. Piyoda sizga ko`rinmagan taqdirda ham yon yo`laklardagi avtomobbilarning to`xtagani siz uchun belgidir. Shuningdek ota-onalarga murojaat qilmoqchimiz: baʼzida ogohlik xatodan qutqarib qolishi mumkin. Аgar avtomobillarning bir qismi to`xtagan bo`lsa, bo`sh turgan yo`lak bo`yicha harakatlanish oldidan xavfsizlikka ishonch hosil qiling – bu sizning sog`lig`ingiz va hayotingizni asrab qolishi mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech