IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
27 Avgust 2021 Yil 1338

Giyohvandlik vositalari “reklamasi” toʻgʻrisida tezkor xabar

24-avgust kuni IIV @stopnarko_bot telegram-botiga kelib tushgan xabarga koʻra, ikki nafar noma’lum shaxslar trafaret yordamida giyohvandlik vositalarining reklamasi yozuvlarini qoldirishgan. Ma’lumotni oʻrganish davomida IIBB va IIV xodimlari yozuvlar Mirzo-Ulugʻbek va Yashnobod tumanlarida qoldirilganini aniqlashgan. Jami 62 ta yozuv topildi. 26-avgust kuni koʻrilgan tezkor choralar natijasida gumonlanuvchilar - 20 yoshli Anasgasiya M. va 24 yoshli Vladislav V.lar qoʻlga olindilar. Suhbat davomida Vladislav 28 yoshli Dmitriy S. ham uylarning devorlariga yozuv qoldirish bilan shugʻullanishini ma’lum qildi. U ham qoʻlga olindi. Uchala fuqarolar bu ish bilan ma’lum haq evaziga shugʻullanishlarini, xizmat haqini esa internet-hamyon orqali olishlarini aytishdi. Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 161 (“Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish”), 183 (“Mayda bezorilik”) va 194 (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) moddalari boʻyicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Toʻplangan hujjatlar Yashnobod tumani IIO FMBga qonuniy chkra koʻrilishi uchun yoʻnaltirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech