3 Sentyabr 2018 Yil 3973

Toshkent ostonasida yangi san’at ob’yektlari o`rnatiladi

Tez kunlarda Termiz-Toshkent (M-39) trassasi orqali keladigan shahrimiz mehmonlari poytaxt ostonasida mehmondo`stlik va samimiylik timsoli bo`lgan yangi san’at ob’yektlari o`rnatilganligini ko`rishlari mumkin bo`ladi. Avvalambor, “Toshkent” yozuvini ta’mirlash rejalashtirilgan. Mahalliy aholining yoshi ulug` vakillarining aytishlaricha, ushbu yozuv o`tgan asrning 60-yillarida o`rnatilgan bo`lib, bugungi kunga kelib o`z ko`rkini yo`qotgan. Yozuv yonidan joy olgan yodgirlik toshi ham, atrof hudud ham ta’mirga muhtoj holatga kelgan.

Toshkent shahar IIBB va hokimiyati tashabbusi bilan tegishli mutaxassislardan ishchi guruh tuzilib, hamkorlikda yangi loyiha ustidan ish boshlandi. Ijodiy guruh g`oyasiga ko`ra, maxsus yoritkichlar yordamida “Toshkent” yozuvini tunda ham ko`rish qiyin bo`lmaydi. Yozuvning orqa tomonida esa Toshkent shahrida joylashgan eng mashhur kompleks va binolarning metal konstruktsiyalaridan ishlangan “sharpalari” paydo bo`ladi.

Yodgorlik toshi ta’mirdan o`tgach, uning atrofi obod qilinib, yon atrofda trotuar plitkalari o`rnatiladi.

Albatta, obodonlashtirish tushunchasi ko`kalamzorlashtirish ishlarini ham o`z ichiga oladi. Dekorativ daraxtlar va gullarning ko`chatlari ekilib, shu kabi ishlar ustidan landshaft dizaynerlari nazorat olib borishadi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech