IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
22 Oktyabr 2021 Yil 715

Bu kasbda tasodifiy odamlar bo'lmaydi

Kasb tanlash vaqti kelganida ichki ishlar organlariga xizmatga kirayotgan ayollar soni oshib bormoqda. Erkaklar bilan teng xizmat olib borayotgan xotin-qizlar xizmat qiyinchiliklariga bardosh berib kelmoqdalar.
Bugun biz Toshkent shahar IIBB Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar boshqarmasi xodimasi podpolkovnik Sattarova Luiza haqida so'zlab bermoqchimiz. 1990-yilda 24 yoshda bo'lgan Luiza Sattarova Toshkent davlat Texnika universitetini tamomlab ichki ishlar organlarida, poytaxt boshqarmasining Аxborot markaziga dasturchi-muhandis lavozimidan faoliyatini boshladi. Leytenant unvonidan boshlangan xizmat davomida podpolkovnikkacha yetdi. Ushbu bo'linmada 30 yillik mehnat davomida Luiza Sattarova bir necha avlod yosh xodimlarni tarbiyaladi. Shogirdlari uchun nafaqat ustoz, balki yaqin insonga aylandi. Uzoq xizmat yillari davomida ko'plab rahbarlar Luiza Sattarovani qat’iyatlik, yuksak mahorat va mehnatsevarligi uchun hurmat qilishardi.
2008-yildash boshlab Luiza Sattarova Toshkent shahar IIBB HS va THM boshqarmasining bo'linmalaridan birida bugungi kunga qadar rahbarlik qilib kelmoqda. Mazkur bo'linmadagi ko'plab ijobiy o'zgarishlarga Luiza Sattarovaning o'zi sababchi bo'ldi. Ichki ishlar organlaridagi rahbar ayol – vaqtining asosiy qismini ishga bag'ishlaydigan jonboz insondir. Аmmo Luiza nafaqat ishga, balki yaqinlari, ota-onasi va farzandiga ham yetarli e’tibor beradi.
Ko'pchilik “bu ayollarning ishi emas” deyishi mumkin, biroq ayol-xodimalardan “Siz shu kasbni qayta tanlagan bo'larmidingiz” deb so'ralsa, ularning aksariyati “ha” deb javob bermoqda. Chunki bu kasbda tasodifiy odamlar bo'lmaydi. Zero ular Vatanga bo'lgan muhabbat va xalqqa xizmatni birinchi o'ringa qo'yishadi!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech