IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
22 Oktyabr 2021 Yil 1623

Bo'lajak ichki ishlar organlari xodimlari O'zbek tili bayrami kunini nishonlashdi

O'zbekiston Respublikasi IIV 1-son Toshkent akademik litseyida O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan ma’naviyat-ma’rifat tadbiri bo'lib o'tdi. O'quvchilar kontsert dasturini tayyorlab, asarlardan parchalar o'qishdi. Turli mamlakatlarning milliy liboslarini kiygan yigit va qizlar she’rlar o'qib, ona tillarida qo'shiqlar kuylashdi.
Bundan tashqari, litsey o'quvchilari orasida “Yangi O'zbekiston – yangi ichki ishlar organlari” shiori ostida harbiy-sport musobaqalari o'tkazildi. Musobaqa 4 bosqichdan iborat bo'ldi. Har bir bosqichda ishtirokchilar a’lo darajadagi tayyorgarlikni namoyish etishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech