TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Yuzma-yuz muloqot

Poytaxt  aholisi murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganib hal etish, ularni qiynayotgan  savollariga javob topish Toshkent  shahar IIBB rahbariyatining doimiy diqqat-eʼtiborida. Shu maqsadda, shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor Aziz Tashpulatovning navbatdagi sayyor qabuli Bektemir tumanidagi aholining mavjud muammolarini o‘rganishga qaratildi.Profi universitetida bo‘lib o‘tgan qabulda rahbar tomonidan 60 ga yaqin fuqaro qabul qilinib, ularning vaj-eʼtirozlari va takliflari eshitildi. Ulardan o‘ndan ortig‘i moddiy yordamga muhtojligi bois, olti nafari  ishsizligi, besh nafari kommunal to‘lovlardagi mavjud qarzdorlikni uzishda yordam so‘ragan bo‘lsa, yetti nafar fuqaroga savollari bo‘yicha qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi. 24 nafar fuqaroning iltimosnomalari joyida o‘z  ijobiy  yechimini topdi. Murojaat qiluvchilar orasida tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari bilan bog‘liq 22 ta holat o‘rganildi. Barcha holatlar nazoratga olinib, murojaatchining vajlarini to‘liq tekshirish yuzasidan tegishli xizmatlarga ko‘rsatmalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab qiladigan murojaatlar obyektiv o‘rganilib, ijobiy hal etish borasida mutasaddi xodimlarga zaruriy topshiriqlar berildi.Qabulga  kelganlar ko‘rilgan choralar va berilgan yo‘l-yo‘riqlardan qoniqish hosil qildilar. Bu kabi tadbirlar bardavom bo‘lib,  maqsad - aholi turmushini yaxshilash, ularning osoyishta va tinch yashashlarini taʼminlashga qaratilgandir.

15 May 2024 Yil

389

Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrining Sirgʻali va Yangihayot tumanlarida tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan ishlar oʻrganildi

Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrining Sirgʻali va Yangihayot tumanlarida ichki ishlar organlari tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan ishlar oʻrganildi.Avval xabar berganimizdek, yurtimizda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda mahallalarda osoyishtalikni taʼminlash boʻyicha Davlat rahbarining topshiriqlari hududlarda tizimli ravishda ijroga qaratilmoqda.Ushbu vazifalarni bajarilishini nazoratga olish maqsadida Ichki ishlar vaziri rahbarligidagi idoralararo ishchi guruh tomonidan poytaxtning Sirgʻali va Yangihayot tumanlarida ichki ishlar boʻlimlari shaxsiy tarkibi tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan xizmat faoliyati hamda jamoatchilik va savdo obyektlarida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan ishlar oʻrganildi.Xususan, Sirgʻali tumani 2-sonli IIBda tungi navbatchilik smenasiga jalb etilgan shaxsiy tarkibning xizmati bilan tanishildi. Ichki ishlar boʻlimiga qarashli maʼmuriy hududda joylashgan mahallalarda jinoyatlarning barvaqt profilaktikasiga qaratilgan ishlar tizimli ravishda amalga oshirilayotgani natijasida, hududda kriminogen vaziyat deyarli 30 foizga yaxshilangani eʼtirof etildi. Shu bilan birga «qizil» toifada qolayotgan «Mehrigiyo» mahallasida muammolarni yangi «ijtimoiy profilaktika» tizimi yordamida hal etish zarurligi boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.Jarayonda Sirgʻali tumani «Quruvchilar» mahallasida tashkil etilgan yettilik faoliyati oʻrganildi. Taʼkidlanishicha mahallada sodir etilayotgan jinoyatlar soni 27 foizga kamayishiga erishilgan boʻlsada, ularning ayrim turlarini oshib ketishiga yoʻl qoʻyilgani qattiq tanqid qilindi. Tumanda kriminogen vaziyatni jilovlash maqsadida tungi vaqtda mahallalarda huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish, hisobda turgan shaxslar, notinch oilalar hamda uyushmagan yoshlar bilan «xonadonbay» va «fuqarobay» ish tashkil etish hamda jinoyatlarning sabab va omillarini tizimli va ilmiy tahlillar orqali aniqlab, kelgusida ularning barvaqt oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.Tadbir davomida, Yangihayot tumani «Xushnud» mahallasida ichki ishlar organlari va mahalla faollarining hamkorlikdagi faoliyati oʻrganildi. Mahallada jinoyatlar soni keskin kamayib, mahalla «yashil» toifaga oʻtganligi, hududda kriminogen vaziyatning barqarorligi taʼminlanib kelayotganligi alohida taʼkidlandi. Mazkur ijobiy tajribalarni boshqa tuman IIBlariga tatbiq etish, bunda huquq-tartibot idoralari xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida kriminogen ogʻir mahallarga tungi navbatchilikka jalb etilgan zarur kuch va vositalar taqsimlanib, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish, aniqlangan muammolarini joyida bartaraf etish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.Tekshiruv davomida ishchi guruh aʼzolari Sirgʻali va Yangihayot tumanlarida tashkil etilgan «Hamkor» maxsus guruhlarining tungi reyd tadbirlari bilan tanishdilar. Asosiy eʼtibor, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda namunaviy xizmat oʻtash modellarini amalga kiritilishi, mahallarda, koʻchalarda va jamoat joylarida videokuzatuv qamrovi oshirilishi, shahar yoʻllarida xavfsiz harakatlanish, piyodalar ayniqsa bolalar, yoshlar va ayollar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaratildi. Tadbir jarayonida shaxsiy tarkib tomonidan, xizmatni tizimli ravishda masʼuliyat va hushyorlik bilan tashkil etishga qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.Ishchi guruh aʼzolari tomonidan tungi xavfsizlik choralarini oʻrganish ishlari boshqa tumanlarda ham davom etmoqda.©️IIV Axborot xizmati

15 May 2024 Yil

384

Interaktiv xizmatlar

Text to speech