13 May 2023 Yil 3550

Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Toshkent shahar IIBBga tashrif buyurdi

Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik byurosi bosh direktori, polkovnik Dana Humaid boshchiligidagi delegatsiya vakillari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘ldi.

Delegatsiya aʼzolari Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi faoliyati va “Shon-sharaf” muzeyi bilan tanishib chiqdi. Mehmonlar markazda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishib, markaz tomonidan Bosh boshqarma sohaviy xizmatlari faoliyati, xodimlar ish jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritilishi hamda yaratilgan ijodiy materiallarni tomosha qilib, markaz xizmatiga tatbiq qilingan yondashuvlarga yuqori baho berdilar.

“Shon-sharaf” muzeyiga tashrif davomida mehmonlar eʼtiboriga havola qilingan respublika ichki ishlar organlari shakllanishining turli bosqichlarida ishlatilgan forma-kiyimlari, avto va mototransport, maxsus vosita va qurollar ekspozitsiyalari ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tashrif so‘ngida esdalik sovg‘alari topshirilib, suratga tushish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech