15 May 2024 Yil 2918

Toshkent shahar IIBB sohaviy xizmatlar rahbarlari tomonidan yoshlarning muammolari hal qilinmoqda

Toshkent shahar IIBB, uning sohaviy bo‘linmalari, tuman IIO FMB rahbarlariga biriktirilgan yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda. Kuni kecha shahar IIBB JTSB boshlig‘i Baxodir Anvarov ishchi guruh bilan hamkorlikda Uchtepa tumani Yangiyo‘l mahallasida xonadonbay yurib, yoshlarning ijtimoiy holatini o‘rgandi. O‘rganishlar davomida mazkur mahalla hududida kutubxona yo‘qligi aniqlandi. Homiylar yordamida MFY maʼmuriy binosida aholi foydalanishi uchun kutubxona ochildi.

Bundan tashqari, mahallaning yoshlari bilan suhbatlashildi, ular duch kelgan muammolar bilan qiziqdi. Yoshlar bilan o‘tkazilgan alohida suhbatlar davomida 5 nafarining oliy taʼlimda o‘qishi uchun kontrakt to‘lovlarini to‘lashga imkoni yo‘qligi aniqlandi. Yoshlar ularga kontraktni to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatishligini so‘rashdi.  Mazkur masala ijobiy hal etilib, homiylar yordamida 5 nafar yoshlarga kontrakt summasining yarmi to‘lab berildi.

Poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan tizimli ishlar davom etmoqda. 

Barcha yangiliklar

Text to speech