6 May 2024 Yil 803

O‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Kuni kecha Toshkent shahar IIBBda Rossiya federatsiyasi IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari politsiya general-mayori Sergey Ukolov boshchiligidagi delegatsiya bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.  Uchrashuv doirasida mehmonlar mamlakatimiz ichki ishlar organlari, xususan, Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibiga xizmat o‘tashlari uchun yaratilgan sharoit, kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, jangovor tayyorgarligi kabi masalalar borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirilib, o‘zaro fikr almashdilar.  

Sohaviy xizmatlar faoliyati bilan yaqindan tanishgan mehmonlar uchrashuv so‘ngida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama etishdi. Har ikki tomon sohani malakali kadrlar bilan taʼminlash faoliyatini takomillashtirish maqsadida, to‘plangan tajribalarni o‘rganib ommalashtirish, maʼlumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, har ikki tomon xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda seminar-trening, video konferensiyalar o‘tkazib borish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Bundan tashqari delegatsiya aʼzolari Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Ixtisoslashtirilgan maktab internati, “Jar” sport majmuasi va Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi faoliyati bilan tanishtirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech