Toshkent shahrida jinoyat sodir etgan shaxslar qidirilmoqda!
Rasulov Sarvar Shavkatjonovich 1980-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Azizov Oybek Alisher o’g’li 1996-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-4-qismlarida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari! Agarda siz Rasulov Sarvar Shavkatjonovich hamda Azizov Oybek Alisher o’g’li haqida biror ma'lumotga ega bo‘lsangiz yoki ularga o'xshash shaxsni ko'rsangiz, 98-124-22-26, 71-230-97-08 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz.
Amaliy yordamingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz! Maxfiylik kafolatlanadi.