14 May 2024 Yil 1252

Birlik bo‘lsa...

Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i biriktirilgan 3-sektorda  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda hududda joylashgan mahallalar faollari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. Sektor rahbari polkovnik Otabek Jamolov joriy yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar yakuni bo‘yicha maʼlumot berarkan, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham to‘xtalib, ularni bartaraf etish choralariga eʼtiborni qaratdi. Ishtirokchilar o‘tgan davr ichida amalga oshirilgan ishlarni baholar ekan mavjud muammolar, ularni hal etish mexanizmlari, ish samaradorligini oshirish masalalarini muhokama etishdi.

Shuningdek, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar rejasi kelishib olindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech