TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Har bir fuqaro muammosi e’tibor markazida

Vakolatli mas’ullar tomonidan fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan savollariga javob topish, muammolarini qonun doirasida hal qilish davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgani o‘z natijakorligini ko‘rsatmoqda. Xususan, poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan o‘tkazib kelinayotgan sayyor hamda shaxsiy qabullari bu borada poytaxt aholisi o‘rtasida yig‘ilib qolgan ko‘plab masalalar, muammolar, chunonchi ichki ishlar idoralari faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarda vujudga kelgan muammolarga yechim topilmoqda. Toshkent shahar IIBB rahbariyatining navbatdagi qabulida yuridik hamda jismoniy shaxslarning murojaatlari tinglandi. Murojaatchilar keltirgan vajlarni joyida sinchiklab o‘rganish davomida ularning aksariyati qabulxonaning o‘zida ijobiy hal etildi. Shuningdek, keltirilgan dalillar atroflicha o‘rganish talab qilingan murojaatlarning aksariyati bo‘yicha ijro muddatlari qo‘shimcha belgilanib, qat’iy nazoratga olindi. Tekshiruvlarning malakali, qonun doirasida hamda adolatli olib borilishi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilib, natijalaridan murojaatchilarni yozma xabardor qilish ko‘rsatib o‘tildi. Har bir fuqaroning murojaatlari e’tibor bilan tinglanib, ko‘tarilgan masalalarga - gohi ijtimoiy-maishiy, tibbiy mavzularda ham bo‘lishiga qaralmay uning yechimiga jiddiy yondashilayotgani, mas’ul idora va tashkilotlar bilan bog‘lanib hal etilayotgani poytaxt ahlining qabullarga bo‘lgan ishonchi va munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirayotgani shubhasiz.

26 Yanvar 2026 Yil

1779

“Fidoyi ayol xodima” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qabul qilingan qarori asnosida Ichki ishlar vazirligi tomonidan ichki ishlar organlarida “Fidoyi ayol xodima” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, ichki ishlarda xizmat olib borayotgan shahodatlangan ayol xodimalarning kasbiy bilim va malakalari oshirilishini qo‘llab-quvvatlash, faoliyatida yutuqlarga erishib kelayotganlarni moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish, o‘z kasbining bilimdonlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning tashabbuskorligini oshirish, innovatsion, ijodiy qiziqishlarini amaliyotga keng tatbiq etishdan iborat. Mazkur ko‘rik-tanlovning navbatdagisi joriy yilning 13-14 yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar IIBBda xizmat olib borayotgan 21 nafar xodimalar qatnashdi. Tanlov ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash: kompleks mashqlarni bajarish va 1000 metr masofaga yugurish, jangovar tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha “Makarov” pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, amaliy o‘q uzish, nishonga olish va harakatlanmaydigan nishonga otish tartibi, bilim darajasini aniqlashga qaratilgan elektron test sinovlari hamda yakuniy baholash bilan bog‘liq to‘rt bosqichda o‘tkazildi. Har bir bosqichda belgilangan shartlarni to‘g‘ri va aniq bajarilishi jarayonlarini hakamlar diqqat va sinchkovlik bilan kuzatib, baholab bordilar. Tanlov yakuniga ko‘ra: 1-o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi, mayor Klara Narmanovaga, 2-o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB HPB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixologi, kapitan Mohinur Madirahimovaga, 3-o‘rin Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi, mayor Nilufar Janiyevaga nasib etdi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Ko‘rik-tanlovda g‘olib bo‘lgan ayol xodimalarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, oilalari hamda xizmat faoliyatlarida yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

24 Yanvar 2026 Yil

9258

Interaktiv xizmatlar

Text to speech