2 Dekabr 2025 Yil 223

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida ochiq muloqotlar

Yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash, huquqiy ongi, madaniyatini shakllantirish, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali xavf solayotgan giyohvandlik, diniy-ekstremizm, buzg‘unchi g‘oyalar, kiberjinoyatlardan asrash borasida poytaxt ichki ishlar organlari tomonidan qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday tadbirlarning navbatdagi ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlar Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i, polkovnik Mahkam Vafoyev tomonidan o‘tkazildi. Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining talabalari ishtirokida, shuningdek Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti talabalari orasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda sohaviy xizmatlar mas’ullari ham qatnashdilar. “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilmoqda.

Tadbirlarda so‘zga chiqqan polkovnik M.Vafoyev jinoyatchilikning oldini olishda yoshlarning faolligi, ijtimoiy mas’uliyati va onlayn xavfsizlikni ta’minlash masalalari borasida so‘z yuritib, salbiy holatlardan himoyalanish bo‘yicha kerakli tavsiyalar va yo‘riqlarga to‘xtaldi. Talabalar oldida so‘zga chiqqan sohaviy xizmat xodimlari mavzuni davom ettirib, yoshlarga huquqbuzarliklarning ayanchli oqibatlari, jamoat tartibini saqlashda aholining, xususan yoshlarning o‘rni, ular orasida keng tarqalib borayotgan giyohvandlik vositalari, psixotrop, kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasi, tarqatilishi bilan bog‘liq jinoyatlar va boshqa xavfli omillar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar. Muloqot yakunida talabalarning savollariga javob berilib, xavfsizlik bo‘yicha amaliy tavsiyalar, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari tushuntirildi. Seminar yoshlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirishga xizmat qilishi tabiiy.

Barcha yangiliklar

Text to speech