5 Dekabr 2025 Yil 92

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida Uchtepa tumanida Probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan samarali uchrashuv o‘tkazildi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi davomida Uchtepa tuman IIO FMB Probatsiya bo‘limi tomonidan nazoratdagi "og‘ir va o‘ta og‘ir" jinoyat sodir etgan shaxslar bilan navbatdagi sayyor uchrashuv tashkil etildi. Tadbir "Ko‘hna Cho‘ponota" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilib, unda probatsiya nazoratida turgan 50 nafar muqaddam sudlangan shaxs ishtirok etdi.

Uchrashuvga tuman IIO FMB boshlig‘i A.A.Baxramov, mahalla raisi R.S.To‘xtayeva, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul G.R. Nishonboyeva hamda probatsiya bo‘limi boshlig‘i F.B.Isroilov boshchilik qildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga qayta jinoyat sodir etishning huquqiy va ijtimoiy oqibatlari batafsil tushuntirildi, profilaktik ogohlantirishlar berildi. Shuningdek, ularning turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator ijtimoiy-huquqiy masalalar joyida hal etildi.

Jumladan:

Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan A.A.Raximov va A.A.Dunanovga bandlik masalasida amaliy yordam ko‘rsatilib, ular “Sofiya” qandolatchilik korxonasiga ishga joylashtirildi.

Probatsiya nazoratidagi A.A.Abduraxmonov va O.T.Eshpo‘latovni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish bo‘yicha tuman sudiga taqdimnoma kiritildi.

Shuningdek, boshqa bir qator aniqlangan muammolar ham o‘sha joyning o‘zida hal qilindi.

Mazkur tadbir probatsiya nazoratidagi fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, ularni jamiyatga qayta integratsiya qilish va jinoyatchilikning oldini olish borasida samarali choralar ko‘rilayotganidan dalolat beradi.

Barcha yangiliklar

Text to speech