Sergelida probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan kengaytirilgan sayyor uchrashuv
Sergeli tumani IIO FMB Probatsiya bo‘limi nazoratidagi 154 nafar muqaddam sudlangan shaxs ishtirokida tuman hokimiyatida sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirga tuman IIO FMB boshlig‘i B.B.Anvarov boshchilik qildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga qayta jinoyat sodir etmaslikning huquqiy va ijtimoiy oqibatlari tushuntirilib, profilaktik ogohlantirishlar berildi.
Shuningdek, aniqlangan ijtimoiy-huquqiy muammolarni hal etishga amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, ozod etilgan 1 nafar shaxsga fuqarolik pasportini olishda yordam berilib, boshqa aniqlangan muammolar joyida hal etildi.