5 Iyul 2025 Yil 1304

Hamkorlik rishtalari

Xitoy Xalq Respublikasi Shensi provinsiyasi Jamoat xavfsizligi departamentining birinchi o‘rinbosari Yan Shanvey boshchiligidagi delegatsiya Respublikamizga tashrif buyurib, ichki ishlar organlari faoliyati bilan yaqinlan tanishdi. Tashrif chog‘ida delegatsiya aʼzolari Toshkent shahar IIBB da ham bo‘lishdi.

Delegatsiya aʼzolari Axborot multimedia markaziga tashrif buyurishdi hamda poytaxt IIBB faoliyatining yoritilishi, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning yo‘lga qo‘yilgani, axborot va xabarlarning o‘z vaqtida jamoatchilikka yetkazilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar ularda katta taassurot qoldirdi.

Poytaxt Bosh boshqarmasida tashkil etilgan Ichki ishlar tizimining ilk faoliyatidan boshlab shu kunigacha hikoya qiluvchi “Shon-sharaf” muzeyi, muzey eksponatlari hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida mardona halok bo‘lgan xodimlarga ko‘rsatilgan chuqur ehtirom ularning eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, mehmonlar Bosh boshqarma Yagona tezkor boshqaruv markazida bo‘lishib, bu yerda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy texnologiyalar, xodimlarning ish uslublari bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadilar.

Tashrif yakunida mehmonlar bilan o‘zaro tajriba almashish, keyingi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olindi. Uchrashuv har ikki tomonda iliq taassurotlar qoldirdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech