3 Dekabr 2025 Yil 147

Kecha Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva raisligida Toshkent shahri va mamlakatimizning boshqa shaharlarida havo ifloslanishi bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz topshirig‘i bilan tuzilgan Maxsus komissiya a’zolari, hokimlar va idoralar rahbarlarining bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi. Yig‘ilishda tizimli yondashuv zarurligi - qabul qilinayotgan qarorlar bugun natija berishi bilan birga, kelgusida bunday inqirozlarning oldini olishi kerakligi ta’kidlandi.

Shaxsiy nazorat doirasida Saida Shavkatovna Qibray tumaniga borib, kuniga 150 kilogrammga yaqin ko‘mir yoqayotgan issiqxonalardan birini ko‘zdan kechirdi. Atrof-muhit va fuqarolar sog‘lig‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazadigan bunday amaliyotga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, iqtisodiy foyda ekologiyaga zarar yetkazishni oqlay olmasligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, tadbirkorlarning ekologik texnologiyalarga o‘tishini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Tekshiruv yakunida mutasaddilarga nazoratni kuchaytirish, filtrlar o‘rnatishni jadallashtirish, ishlab chiqarish obyektlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

Maxsus komissiyaga xavfsiz va barqaror ekologik vaziyatni ta’minlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirilgan tartibda davom ettirishga ko‘rsatma berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech