1 Aprel 2023 Yil 90

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etilmoqda

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli 21-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida o‘z jazo muddatini o‘tayotgan xotin-qizlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahar IIBB XQMB katta inspektorlari Toshkent shahar hokimligi va poytaxt Ayollar tadbirkorlik markazi mutasaddilari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Taʼkidlanganidek, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilanmoqda. Inson va davlat organlari o‘rtasidagi yuzaga keladigan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi, huquqiy taʼsir choralari qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli va mutanosib bo‘lishi kerakligi belgilanmoqda. Ushbu qoidalar inson huquqlari ustuvorligini taʼminlaydi, davlat idoralarining o‘z vazifalarini inson huquqlariga rioya qilgan holda amalga oshirishda masʼuliyatini oshiradi hamda insonga meʼyoridan ortiq huquqiy taʼsir choralari qo‘llanilishining oldini oladi.

Tadbir davomida Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy o‘zgarishlarning har biri bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi va yangilangan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha yo‘nalishlarini kompleks tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo‘lida eng muhim huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.
O‘z navbatida, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldi.

Uchrashuvda kasbiy tayyorgarlik kurslarini tamomlagan xotin-qizlarga Toshkent shahridagi “Ayollar tadbirkorlik markazi” vakillari tomonidan sertifikatlar topshirildi. Sport musobaqalari g‘oliblariga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech