IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
24 Oktyabr 2021 Yil 607

Litsey o'quvchilari Mirzo-Ulug'bek tumani IIO FMB faoliyati bilan tanishib chiqishdi

25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni arafasida O'zbekiston Respublikasi IIV 1-son Toshkent akademik litseyining bir guruh o'quvchilari Mirzo-Ulug'bek tumani IIO FMBda bo'lishdi. O'quvchilar tuman bo'linmasi xodimlarining faoliyatlari bilan tanishishdi. Ekskursiya davomida o'quvchilarga sohaviy xizmatlarning o'ziga xosligi to'g'risida so'zlab berildi.
Jumladan, yigit va qizlarga ekspert-kriminalistika bo'limi xodimlarining ishlari namoyish etilib, ekspertlar qay turdagi ekspertizalar o'tkazishlari haqida ma'lumot berildi.
Bu kabi tadbirlar litsey o'quvchilarida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, hayotlarini Vatan xizmatiga bag'ishlashda turtki bo'lish imkonini beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech