Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
ИИББ янгиликлари:
Ҳурматли ҳайдовчилар, ҳаракатланиш вақтида эътиборли бўлинг ва пиёдаларга йўл беринг!
  • Шошилинч хабарлар учун: 102

Toshkentda voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotgan erkak qo‘lga olindi

IIBB Toshkentda voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotgan erkak haqidagi xabarlar yuzasidan tekshiruv boshlagan edi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan 27 yoshli O.D. ismli shaxs qo‘lga olingan.

Telegram’da maktab o‘quvchilarining onalari bir-birlariga Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabarni tarqatgan edi. IIBB boshlig‘i ushbu audioxabarlarni ariza sifatida ko‘rib chiqish topshirig‘ini bergan.

Surishtiruv ishlari davomida maktab o‘quvchilarining ota-onalari va o‘quvchilarning o‘zlari, mahalliy aholi so‘roq qilingan va gumonlanuvchining taxminiy chizgilari yaratilgan.

Mahalliy hududni o‘rganish vaqtida erkak qo‘lga olingan. Ta’kidlanishicha, o‘quvchilardan biri uni tanib qolgan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-modda 1-qismi bilan (shaxsning o‘n olti yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda, unga nisbatan zo‘rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish) jinoyat ishi ochilgan.

IIBB aholidan bu kabi holatlarda zudlik bilan profilaktika inspektorlariga yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi.

“Xabarlarni ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlardagi guruhlar orqali tarqatguncha qimmatli vaqtingiz ketayotganini unutmang. Shuningdek, sizlardan taxmin va bashoratlaringiz orqali aholi o‘rtasida vahima uyg‘otmaslikni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech