Toshkentda kanaldan topilgan jasad bo‘yicha ma’lumot berildi

Avvalroq, Toshkentda kanaldan ayol kishining jasadi topilgani, FVV qutqaruvchilari bir necha urinishda uni suvdan olib chiqqani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Unda bugun, 13 fevral kuni soat 7:40 da Chilonzor tumani hududidagi “Bo‘rijar” kanalida noma’lum ayolning jasadi topilgani tasdiqlangan. Ayol taxminan 45-50 yoshlarda. Ayolning tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Voqea joyiga Chilonzor tumani IIB va prokuratura rahbarlari yetib borgan.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, ayolning yelkasida “kateter” bo‘lgan. U kasal bo‘lgani taxmin qilinyapti.