O’zbekistonda ilk bor: poytaxt markazida respublika suvenirlar ko’rgazmasi ochildi

Tadbir Toshkentning markazida – Sayilgoh ko’chasida bo’lib, zargar, musiqa asboblari ustalari va boshqa bir qator hunarmandlarni jalb qildi. Tadbirda shuningdek xalq og’zaki ijodi ansambllari, musiqachilar hamda yosh sportchilar qatnashishdi. Xullas, yuz marta eshitgandan ko’ra, bir marta ko’rgan afzal. Ko’rgazma 23 sentabr kuni ham o’tkaziladi. Tadbir tashkilotchilari sifatida “Hunarmand” milliy uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish Davlat qo’mitasi va Toshkent shahar hokimiyati vakillari ishtirok etishdi. Jamoat tartibi va ishtirokchilar xavfsizligi IIBB xodimlari tomonidan ta’minlandi.