IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
25 Dekabr 2019 Yil 1424

Toshkent shahar IIBB xodimlari Nur-Sulton shahri politsiyasi faoliyati bilan tanishdi

O'zbekiston Respublikasi va Qozog'iston Respublikasi IIV lari o'rtasidagi ikki tomonlama bitim doirasida, shuningdek, MDH davlatlarining ichki ishlar organlari/politsiya boshliqlarining birinchi yig'ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari – polkovnik Z. Alimov boshchiligidagi delegatsiya Qozog'iston Respublikasi poytaxtiga tashrif buyurdi.

Tashrif asnosida Toshkent shahar IIBB xodimlari Nur-Sulton shahar politsiya departamentiga tashrif buyurib, "102" liniyasi va migratsiya xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishib, Nur-Sulton shahri politsiya departamenti boshlig'i o'rinbosari  polkovnik G'.Nurkayev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. U politsiya faoliyatiga ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, "102" kanalining ishlash prinsiplari, geoaxborot tizimi navbatchi qismini jihozlash, shuningdek, tashqi videokuzatuv kameralarini o'rnatish va davlat-xususiy sheriklik sharoitida amalga oshirilayotgan foto -, videofiksatsiya loyihalari haqida batafsil ma'lumot berdi. Xususan, kommunal korxonalarning barcha chaqiriq markazlarini birlashtiradigan va shaharning barcha aholisi bilan aloqa qilishning yagona nuqtasi bo'lgan "Yagona aloqa markazi 109" taqdim etildi.

Nur-Sulton shahri politsiya departamenti boshlig'i o'rinbosari  podpolkovnik T. Mirzakayumov Qozog'iston politsiyasidagi islohotlar, yo'l va patrul politsiyasining yagona xizmatiga qo'shilish va mahalliy politsiya xizmatini tashkil etish haqida Toshkent shahar IIBB delegatsiyasi bilan muzokaralar o'tkazdi.

Toshkent shahar IIBB delegatsiyasida jinoyat protsessini elektron shaklda joriy etish bo'yicha hamkasblar tajribasi va so'roq qilish tizimi, shuningdek, aholi orasidan shaxslar saylanadigan mediatsiya instituti (nizolarni muqobil hal qilish shakllaridan biri) a'zoligiga qiziqish uyg'otdi.

Bundan tashqari, ikki kunlik tashrif davomida Toshkent shahar IIBB xodimlari maxsus ma'muriy uchastkalarga biriktirilgan tayanch punktlari va uchastka inspektorlari faoliyati bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar va Nur-Sulton tuman politsiya boshqarmalaridan biriga tashrif buyurdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech