Teplotrassada yuz bergan avariya oqibatida ikkita avtomashinaga futur yetdi

Bugun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Chilonzor tumani Qatortol ko’chasidan o’tgan teplotrassada yuz bergan avariya haqidagi ma’lumot tarqatildi. Uning oqibatida ba’zi bir avtomashinalarga zarar yetgan. Shuni ma’lum qilamizki, bugun 13 sentabr kuni DUK «TOSHISSIQQUVVATI» tomonidan kuzgi-qishgi mavsumga tayyorgarlik ishlarini olib borish jarayonida kuchli bosim tufayli issiq suv ta’minoti quvurlari yorilgan. Avariya oqibatida Qatortol ko’chasida yo’l qoplamasining ma’lum qismi yemirilgan. Shuningdek, ushbu hodisa oqibatida “Spark” va “Matiz” rusumli ikkita avtomobilga futur yetdi. Ammo hech bir insonga zarar yetmagan, Hozirgi vaqtda yo’l qatlamasini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.