Saxovat tadbirlari

Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanishi, kam ta’minlangan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatilishi zamirida xalqimizga xos mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi ezgu xislatlar mujassam. Shayxontohur tumani IIO FMB hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari tomonidan hududlarda yordamga muhtoj oilalarga doimiy ravishda muruvvat ko‘rsatib kelinayotgani buning yorqin misoli bo‘ladi oladi. Ana shunday saxovat tadbirlari doirasida kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularning yashash-sharoiti va mavjud muammolari joyida o‘rganilmoqda. Homiylar tomonidan esa ularga oziq-ovqat mahsulotlari va ro‘zg‘or buyumlari ajratilmoqda. Albatta, bu kabi xayrli ishlardan fuqarolar ham mamnun.

Shayxontohur tuman IIO FMB xodimlari tomonidan oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli hamda sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish bo‘yicha tizimli ishlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu kabi xayrli tadbirlar kelgusida ham davom etadi.

Mana shunday xayrli va ezgu ishlar, avvalo, oilalarda, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, aholi turmushi sifatini oshirishga xizmat qilyapti. Eng muhimi, ehtiyojmand insonlarning ertangi kunga ishonchi ortmoqda.