Diqqat majburiy texnik ko‘rik!

Hurmatli hamshaharlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvar kunidagi “Transport vositalarining majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli Qarori talablarini ijrosini ta’minlash maqsadida, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan ro‘yxatga olingan barcha jismoniy va yuridik shaxsga tegishli transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikka taqdim qilishingiz lozim.

- yuridik shaxslarga qarashli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 1-mart kunidan – 30-iyun kuniga qadar,

- jismoniy shaxslarga qarashli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 1-yanvar kunidan – 31-avgust kuniga qadar,

- tijorat asosida yo‘lovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobus va mikroavtobuslar, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va tirkamalar – bir yilda ikki marotaba (1-bosqichi 01-mart kunidan 30-iyun kuniga qadar, 2-bosqich 01-sentyabr kunidan 30-oktyabr kuniga qadar) o‘tkazilishi belgilangan.

Yuridik shaxsga tegishli transport vositalari Toshkent shahar Chilonzor tumani Mehr ko‘chasi 56-uyda joylashgan YHX boshqarmasi binosida joylashgan Transport vositalarini texnik holati ustidan nazoratni tashkil etish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkaziladi. Tel: 230-94-30

Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari:

  1. Chilonzor, Uchtepa, Sergeli va Yakkasaroy tumanlari bo‘yicha Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 118-“a” uyda joylashgan 1-avtomobillarni diagnostika qilish stansiyasida, Tel: 279-35-92

    2.Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlari bo‘yicha Yunusobod tumani, TXAY ko‘chasi O.Zokirov 2-“a” uyda joylashgan 2-avtomobillarni diagnostika qilish stansiyasida, Tel:222-94-43

  1. Mirobod, Yashnobod, Bektemir va Shayxontohur tumanlari bo‘yicha Mirobod tumani, Vodil ko‘chasi, 54-uyda joylashgan 3-avtomobillarni diagnostika qilish stansiyasida o‘tkaziladi. Tel:283-21-03

Ish vaqti: har kuni soat 08:00 dan 18:00 ga qadar.

Belgilangan muddatlarda majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan holatlarda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 125-moddasi 2-qismi bilan eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

                                                                                   Toshkent shahar IIBB YHXB