Murg’ak qalb sohiblari – e’tibor va e’zozda!

Toshkent shahar IIBB tomonidan Yunusobod tumanida joylashgan 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun xayriya konserti tashkil etildi.

Tadbirda IIBB Qo’riqlash boshqarmasi xodimlari barcha ishtirokchilar va bolajonlarga ezgu tilaklar bildirishdi va shundan so’ng musiqiy dasturga navbat berildi.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB sohaviy xizmatlarining transport vositalari va maxsus texnikalarining namoyishi bo’lib o’tdi. Tadbir so’ngida bolajonlarga bayram dasturxoni yozildi.

Bunday xayrli ishlar mehrga muhtoj, murg’ak qalbli bolajonlarimizning xotiralarida yorqin iz qoldirsa ajab emas.