IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
22 Oktyabr 2021 Yil 417

Toshkent shahar IIBB: farzandlarimiz kelajagi uchun ularni giyohvandlik vositalaridan ishonchli toʻsiq bilan ta’minlash darkor

Toshkent shahar IIBB xodimlari yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishga qarshi kurash tadbirlari doirasida IIV vakillari bilan birgalikda farmatsevtika instituti talabalari bilan uchrashishdi. Ushbu tadbirlar “Yangi Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalarisiz hayotni tanla” shiori ostida oʻtkazilmoqda.

Uchrashuv davomida xodimlar giyohvandlik vositalarining qonunga xilof muomalasining oqibatlari haqida eslatibgina qolmasdan, uning iste’molining zararlari toʻgʻrisida ma’lumot berishdi. Tadbirdan asosiy maqsad – yoshlarni giyohvandlik vositalari va taqiqlangan dori vositalarining iste’molidan asrab qolishdir. Xodimlar oʻz amaliyotlaridan misollar keltirib, giyohvandlik vositalarining iste’moliga roʻjoʻ qoʻygan shaxslar navbatdagi “doza” uchun jinoyatga qoʻl urganlari haqida soʻzlab berishdi.

Uchrashuv qatnashchilari nafaqat giyohvandlik vositalari va yoshlar orasidagi jinoyatchilikni muhokama qilishdi, balki bugungi kunda davlat tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor haqida ham soʻzlashdi. Tadbir yakunida ichki ishlar organlari xodimlari yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech