IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
13 Oktyabr 2021 Yil 433

Toshkent shahar IIBB xodimlari 9 oyni sarhisob qilishdi

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasida joriy yilning to'qqiz oyi davomida joylardagi IIO FMB tergov bo'linmalari faoliyatining yakuni muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishni Toshkent shahar IIBB boshlig'ining o'rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig'i polkovnik D. Mirsadiqov ochib berdi. O'z nutqida polkovnik har bir tergovchi va surishtiruvchi jinoyat ishlarini tergov qilish davomida sodir etilgan jinoyatning barcha tafsilotlarini o'rganishi zarurligini, tergov davomida halollik, qonuniylik, xolislik va insoniylik tamoyillariga asoslanishi lozimligini qayd etdi.
Qayd etilishicha, hisobot davrida jinoyat ishlarining tergovoldi tadbirlarini to'liq va xolis o'tkazishga, adolatni o'rnatish va jinoyat uchun jazo muqarrar ekanligini taʼminlash, jinoyatning sabab va sharoitlarini aniqlashga qaratilgan vazifalar IIO tergovchilari tomonidan umuman olganda qoniqarli bajarilgan. Sudlarga 8 mingdan ortiq jinoyat ishlari yo'naltirildi, ularning asosiy qismi – ayblov xulosalari bilan birga, yana 800 tasi – tomonlar yarashib olgani to'g'risidagi qaror bilan. Tergovoldi surishtiruvlarni o'tkazish sifati oshdi, bu esa tergov sohasi ishchilarining mahorat darajasi, ularning milliy qonunchilikdagi yangiliklarni o'z faoliyatlarida qo'llash qobiliyatlari oshganidan dalolat qiladi.
Yig'ilish davomida hisobot davridagi xizmat faoliyati davomida jinoyat ishlarining tergovini sifatli o'tkazilishini taʼminlagan, yuqori natijalarga erishib, xizmatdoshlari uchun o'rnak bo'lgan 24 nafar tergovchi va surishtiruvchilarga tantanali ravishda faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alar topshirildi. Tergov sohasining 2 nafar xodimi qoniqarsiz xizmatlari tufayli lavozimlaridan ozod etildilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech