25 May 2023 Yil 3443

Toshkent shahrida terrorchilik tashkilotining bir guruh yashirin a'zolari qo‘lga olindi

2023 yilning 20 may kuni, huquqni muxofaza qiluvchi idoralar hamkorligida “Tavhid va jihod katibasi” (“TJK”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan terroristik tashkilot deb topilib, mamlakatimiz hududida uning faoliyati taqiqlangan) nomli terrorchilik tashkilotining 8 nafar yashirin a'zolari ushlandi.

Ular Toshkent shahri hududida jamoaviy yig‘inlar o‘tkazib, kelgusida Suriya davlati hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotlarining safiga borib qo‘shilishni rejalashtirib, terrorchilik tashkiloti yetakchilari bilan internet tarmog‘i va turli ijtimoiy messenjerlar orqali aloqa o‘rnatib, ularning ko‘rsatmalari asosida aholi orasida tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilish va tashkilot safini kengaytirish bilan shug‘ullanib kelganlar.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshket shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech