30 Mart 2023 Yil 1296

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l qatnov qismida ayol kishi unga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qarshilik qilayotganligi aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 29 mart kuni taxminan soat 18.00 larda, uyidagi oilaviy mojaro sababli o‘zining qo‘lini kesgan ayol 1987 yilda tug‘ilgan T.T. tez tibbiy yordam avtomashinasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun olib ketilayotgan vaqtda, Bektemir tumani, Xusayn Boyqaro ko‘chasida tibbiyot xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, salondagi maxsus jihozlarni tepib sindirgan. Haydovchi fuqaroni tinchlantirish maqsadida, avtomashinani to‘xtatgan vaqtda ayol yonidagi turmush o'rtog'i va tibbiyot xodimlarining gapiga qaramasdan, yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan. T.T. transport vositalari harakatlanishi uchun xavfli holatni yuzaga keltirib, jamoat tartibini buzgan, unga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qarshilik qilgan. Hodisa joyiga yetib kelgan IIO xodimlarining aralashuvi bilan T.T. tibbiyot muassasasiga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech