Maxsus imkoniyatlar:
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Bir necha yillardan buyon ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiori ostida “Namunali oila” ko‘rik- tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi tanlovda Bosh boshqarma sohaviy xizmatlaridan tanlab olingan o‘nta oila qatnashdi.Tanlov shartlariga ko‘ra dastlab, har bir ishtirokchi oila aʼzolari birgalikda milliy raqs, sheʼr, qo‘shiq, xalq o‘yinlari va boshqa badiiy chiqishlarini namoyish etdilar. Oila aʼzolari belgilangan shartlarni ishtiyoq va zavq bilan bajarishgani hakamlar eʼtiboridan chetda qolmadi.Tanlovning ikkinchi sharti - “Bu mening oilam” nomi ostida bo‘lib, unda eng yaxshi oilaviy fotosuratlar va videoroliklarning taqdimoti yaʼni, o‘nta fotosuratdan iborat oilaviy elektron fotoalbom hamda oila munosabatlari, anʼana va qadriyatlardan hikoya qiluvchi 3-5 daqiqali videorolikni hakamlar eʼtiboriga havola etish belgilangan. Ushbu shartlarning ijrosini diqqat bilan kuzatib baholab borgan hakamlar musobaqaning uchinchi yakuniy bosqichiga o‘tishdi.Uchinchi shartga ko‘ra ishtirokchilar o‘zbek va jahon adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyondalari, mutafakkir va allomalar qalamiga mansub asarlarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati borasidagi savollarga javob berdilar.Tanlov shartlarining bajarilishi hakamlar hayʼati tomonidan diqqat bilan kuzatilib, xolisona va adolatli baholanib borildi.Nihoyat, tanlov ishtirokchilari uchun hayajonli daqiqalar boshlandi. Hamma, hatto tomoshabinlar ham tanlov natijalarini intiqlik va katta qiziqish bilan kuta boshlashdi.Hayʼat aʼzolari yakdillik bilan 1-o‘ringa IIBB JTSB saf bo‘linmalari PPXB 1-maxsus safarbarlik batalyoni 2-otryad guruh komandiri, kapitan Mamatov Umidjon Ibrohim o‘g‘li oilasini munosib deb topishdi.Faxrli 2-o‘ringa ikki oila - Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi, bo‘linma tergovchisi, mayor Danaboyev Odil Xolboyevich hamda Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB HPB profilaktika katta inspektori, kapitan Salimov Samariddin Samadovich oilasi loyiqligi eʼtirof etildi.Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB 4-son IIB HPB katta inspektori, podpolkovnik To‘xtamurodov Faxriddin Djalolitdinovich va IIBB YHXB saf bo‘linmalari YPX brigadasi 1-batalyon 6-safarbarlik guruhi inspektori, kichik serjant Abduvaliyev Bekali Maqsudali o‘g‘li oilalari esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.Tanlov g‘oliblari IIBB rahbariyatining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.Ko‘rik-tanlov barchada iliq taassurot qoldirdi.
2 May 2024 Yil
322
Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazidagi maxsus kurslar bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda. Unda ishtirok etayotgan tarbiyalanuvchilarni Vatanga muhabbat, sodiqlik, halollik, to‘g‘rilik, qonunga hurmat hissida tarbiyalash, shuningdek, harbiy kasbga qiziqtirish maqsadida yoshlar IIBB JTSB PPXB otliq otryadi hamda Kinologiya xizmatida bo‘lishdi. Masʼul xodimlar bu xizmatlar faoliyati, otlarning, xizmat itlarining saqlanishi, ularni turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitish-o‘rgatish ishlari haqida qiziqarli maʼlumotlar bilan bo‘lishdilar.Tadbir davomida ishtirokchilar bilan bir qatorda ularning ota-onalari bilan ham chuqurlashtirilgan psixodiagnostika amaliyoti o‘tkazilib, oiladagi o‘zaro munosabatlar, ijtimoiy muhit, tarbiya jarayoni kabi muammolar o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida ularning psixologik portreti shakllantirildi.Shuningdek, ishtirokchilar poytaxtdagi “G‘alaba bog‘i” hamda “Shon-sharaf” muzeyidagi tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishgach, ular eʼtiboriga “Jannat – onalar oyog‘i ostida” nomli kinofilm namoyish etildi.Markaz tarbiyalanuvchilarining harbiy xizmatga bo‘lgan ishtiyoqlarini kuchaytirish, qiziqishlarini imkon qadar qondirish maqsadida, shahar Mudofaa ishlari boshqarmasi harbiy xizmatchilari tarbiyalanuvchilarni jalb etgan holda saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi. Yoshlar saf tushunchasi, safdan chiqish, safga qaytish, harbiycha salomlashish tartibi va saf qo‘shig‘ini kuylashni o‘rgandilar.Ushbu tadbirning jonli va ko‘rgazmali olib borilishi tarbiyalanuvchilarda katta taassurot qoldirdi.
30 Aprel 2024 Yil
595
Toshkent shahar IIBB sohaviy xizmatlari xodimlari tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning maʼnaviy kamolotini yuksaltirish maqsadida turli tadbirlar, uchrashuvlar, poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga ekskursiya, teatr va kinoga sayohatlar tashkil etilmoqda.Yaqinda shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tashabbusi bilan Mirobod tumani Mirobod mahallasidagi bir guruh yoshlar uchun Hazrati Imom majmuasi va “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga ekskursiya tashkil etildi. Hazrati Imom majmuasiga tashrif davomida bolalar bugungi kungacha saqlanib qolgan qadimiy inshootlarni yaqindan ko‘zdan kechirishdi va ularning tarixini o‘rganishdi. Yoshlar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining milliy tiklanish harakati – jadidchilik namoyandalari haqida hikoya qiluvchi noyob ko‘rgazma bilan ham tanishdi.
790
Shayxontohur tumani IIO FMB rahbariyati tashabbusi bilan boshqarmada uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda boshqarmaning faxriylar tashkilotining aʼzolari, ko‘p yillardan beri xizmat qilayotgan tajribali xodimlar hamda yosh huquqtartibot posbonlari ishtirok etdi.Faxriylar mustaqil O‘zbekiston ichki ishlar organlarining tashkil topgan yillari, bugungi kunda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ular yosh xodimlarning anʼanalarni munosib davom ettirishi, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishda professionallik va masʼuliyat ko‘rsatishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdi.Tadbir oxirida barcha ishtirokchilar esdalikka rasmga tushishdi.
29 Aprel 2024 Yil
633
560
658
28 Aprel 2024 Yil
1298
27 Aprel 2024 Yil
1081
25 Aprel 2024 Yil
696
492
Koreya Respublikasi milliy politsiya agentligi delegatsiyasi Toshkent shahar IIBB ga tashr...
Toshkent shahar IIBB rahbariyati MDHga a'zo davlatlar ichki ishlar organlari poytaxt boshq...
Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Toshkent shahar IIBBga ta...
Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegasiyasi Toshkent shahar IIBBga tashrif...
Boshqarma qabuliga yozilish
Avtomobil raqamlarining onlain auksioni
Vaqtincha turgan joyi boʼyicha hisobga qoʼyish
Virtual qabulhona
Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish
Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumot
Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish
Jarimalarni hisoblash
MvaFRB (pasport stol) elektron navbatga turishni rasmiylashtirish
Avtotransport vositalari haqida ma'lumot
Doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma olish
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun ariza yuborish
Avtostikerni qidirish
Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to’g’risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza yuborish
NXQ jarimalarini ko'rish
Yashash joyiga doimiy ro‘yxatga turish uchun ariza yuborish