21 Iyun 2023 Yil 12487

Toshkent shahar IIBB rahbariyati MDHga a'zo davlatlar ichki ishlar organlari poytaxt boshqarmalari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi

2023 yilning 14 iyun kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Aziz Toshpo‘latov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Boku shahrida bo‘lib o‘tgan MDHga a'zo davlatlar ichki ishlar organlari poytaxt bo‘linmalari boshliqlarining 3-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yig‘ilishda, shuningdek, MDHda uyushgan jinoyatchilik va jinoyatchilikning xavfli turlariga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosi direktori O. Konovalov va Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vaziri V. Eyvazov, Ozarbayjon (Boku), Belarus (Minsk), Qozog‘iston (Ostona), Qirg‘iziston (Bishkek), Rossiya (Moskva) va Tojikiston (Dushanbe) shaharlari ichki ishlar organlari poytaxt boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar MDHga a'zo davlatlar hududida jinoyatchilikka qarshi kurash holatini muhokama qildilar. Xususan, barcha rahbarlar jinoyatlarning an'anaviy turlari kamayganiga qaramay, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va internetdan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlar sezilarli darajada oshganini ta'kidladilar. Yig‘ilishda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning samarali usullari ham taklif etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda konstruktiv muloqotni davom ettirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech